09:28 / 21.08.2015
3049

Turkiya bosh vaziri mamlakatdagi siyosiy vaziyatga milliy xavfsizlik kengashining aralashuviga qarshi

Turkiya bosh vazirili Ahmet Davutoglu muxolifatni Milliy xavfsizlik kengashining respublikada favqulodda holat e'lon qilganiga mas'uliyatsizlik bilan qaraganlikda aybladi. Bu haqda u Adolat va taraqqiyot partiyasi ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishidan so‘ng ma'lum qildi.

“Muammolarni Milliy xavfsizlik kengashi orqali hal etish davlat to‘ntarilishi davridagidek fikrlashning ko‘rinishidir. Milliy xavfsizlik kengashi o‘z muammolari bilan shug‘ullanadi. Biz esa amaldagi Konstitutsiya bo‘yicha ish ko‘rishimish lozim”, – dedi u.

Davutogluning qayd etishicha, gap partiyalar koalitsiya bo‘yicha kelishuvga erisha olmasa, muddatdan avvalgi saylovlarga qadar muvaffaq hukumatni shakllantirishga oid modda haqida ketmoqda. Ayni paytda Turkiyada mazkur vaziyatning yuzaga kelish ehtimoli juda yuqori.

Milliy xavfsizlik kengashining aralashuvi va Turkiyada favqulodda holat e'lon qilish to‘g‘risidagi qaror Milliy harakat partiyasi yetakchisi Devlet Baxcheli tomonidan e'lon qilingan edi. Uning fikricha, terroristik faollik va siyosiy inqiroz kuchaygan davrda favqulodda holat e'lon qilish zarur, muddatidan oldin saylovlar o‘tkazish esa mamlakatda fuqarolar urushining avj olmasligiga nuqta qo‘yishi mumkin.

Axmet Davutoglu, shuningdek, siyosiy partiyalarni koalitsion hukumat tuzish bilan inqirozni birgalikda hal qilish va parlament (mejlis)da muddatidan oldin saylovlar o‘tkazishga chaqirgan.

Top