23:34 / 21.08.2015
2482

Yakunin “Rossiyskiye jyelezniye dorogi” direktorlar kengashidan ketmoqchi

Rossiyaning “Rossiyskiye jyelezniye dorogi” kompaniyasining endilikda sobiq prezidenti Vladimir Yakunin kompaniyaning direktorlar kengashidan ketmoqchi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti» axborot agentligi.   

“Federatsiya kengashi a'zosi bilishimcha tijoriy faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas. “RJD” direktorlar kengashida qolishim bo‘yicha hech qanday taklif bildirilmadi. Va men “ketsang umuman ket” tamoyiliga amal qilmoqdaman”, deb izoh berib o‘tdi ushbu holat yuzasidan Yakunin.

Bundan avval kompaniyaning yangi prezidenti Oleg Belozerov kompaniya a'lo darajada ekanligini aytgan edi.

Yakunin o‘z lavozimini uning nomzodi Kaliningrad viloyatidan vakillik qiluvchi senator lavozimiga taklif qilingani sabab tark etgan. 

Top