00:54 / 22.08.2015
4065

BAAning barcha yetti amirligidan 30ta kompaniya vakillari Toshkent sayyohlik sohasi yetakchilari bilan uchrashadi

#VisitUAE xeshtegi ostida va Birlashgan Arab amirliklari sayyohlik departamenti, yetakchi mehmonxonalar tarmog‘i, qabul qiluvchi turoperatorlar va amirliklar aviakompaniyalari qo‘llab-quvvatlashi ostida BAA Sayyohlik va qadimiylik milliy qo‘mitasi o‘zining MDH bo‘ylab birinchi roud-shoulari doirasida Toshkentga tashrif buyuradi. Qo‘mita “Yetti amirlik – bir yo‘nalish” nomi ostida yangi sayyohlik mahsulotini namoyish qiladi.      

Tadbir 9 sentabr kuni Miran International Hotel mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi. Bu tadbirga hamkorlikka qiziqish bildirgan sayyohlik sohasi mutaxassislari va mahalliy biznes vakillari taklif etilgan. Tadbir mehmonlari ishchi uchrashuvlarda ishtirok etishlari va har bir amirlikning alohida sayyohlik mahsulotlari taqdimotini ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.  

So‘zga chiqadiganlar BAAning plyaj hordig‘i, safari-turlar, shoping imkoniyatlari va sport-ko‘ngilochar sohasi haqida ma'lumot berishadi. Bundan tashqari, tadbirga tashrif buyurganlar ishtirokchilar tomonidan qo‘yilgan mukofotlar – BAAda bepul yashash va parvoz qilish uchun vaucherlar taqdim qilinadigan antiqa lotereyada ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

Top