19:47 / 22.08.2015
10917

Dmitriy Medvedev rublning zaiflashishi sabablarini keltirib o‘tdi

Rubl kursining zaiflashishiga neft narxining tushishi, Xitoy va Qozog‘iston milliy valyutalarining devalvatsiyasi hamda g‘arb sanksiyalari sabab bo‘lmoqda, deb aytdi jurnalistlarga Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev.  

“Oxirgi mahal rublning zaiflashishi neft narxining tushishi bilan bog‘liq bo‘lmoqda. Tan olish kerakki, joriy narxlar oxirgi 6 yil ichidagi neft kotirovkalarining eng quyi nuqtasi bo‘lmoqda. Bu narxlarni o‘tgan asrning 80-yillari va 90-yillari boshida bo‘lgan narxlarga nisbatan dollar kursining o‘zgarishi bilan keltirish mumkin va murakkab bo‘lmagan hisob-kitoblar yo‘li bilan shunday xulosaga kelish mumkinki, bu neft oxirgi 30-40 yil ichida sotilgan eng quyi nuqtalardan biri bo‘lmoqda. Eng pasti emas, biroq juda pasti”, deb aytdi Medvedev. Uning aytishicha, neft narxi bilan bog‘liq bunday vaziyat rublning zaiflashishiga olib kelmoqda.

“Boshqa sabablar ham bor. Bu kapitallar bozoridagi umumiy beqarorlik, Xitoy valyutasi atrofidagi vaziyat, uncha katta darajada bo‘lmasa ham, qo‘shnilarimizdagi vaziyat: tengening mavqeini zaiflashtirgan Qozog‘istonda valyuta koridoridan voz kechish qarori qabul qilindi. Bizning iqtisodiyotlarimiz har holda bog‘langan va shuning uchun biz bu jarayonlarga befarq bo‘la olmaymiz”, deb qo‘shimcha qildi Medvedev.

Medvedev boshqa sabablar qatorida Rossiyaga qarshi g‘arb davlatlari tomondan kiritilgan sanksiyalar, jumladan Rossiyaga kapital bozorining yopilishi va Rossiya banklariga nisbatan sanksiyalar kiritilishini aytib o‘tdi.

“Hozirda bular sodir bo‘lmoqda. Biroq bu jarayon poyonsiz bo‘la olmaydi”, deb ta'kidlab o‘tdi Medvedev.

Top