07:11 / 22.08.2015
2813

Fransiya IIV rahbari poyezdda o‘q uzgan jinoyatchini qo‘lga olgan ikki amerikalikka minnatdorchilik bildirdi

Fransiya ichki ishlar vaziri Bernar Kaznev Amsterdam-Parij poyezdida o‘q uzgan jinoyatchini xavfsizlantirgan ikki nafar AQSh fuqarosiga minnatdorchilik bildirdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.

Kaznevning aytishicha, amerikaliklar “murakkab sharoitlarda jasurlik ko‘rsatganlar”.

Avvalroq  Amsterdamdan Parijga ketayotgan tezyurar poyezdda noma'lum shaxs otishma sodir etgani oqibatida 3 nafar kishi jarohat olgani ma'lum qilingan edi. 

Top