16:15 / 22.08.2015
3832

Germaniya muhojirlar muammosi tufayli Shengen kelishuvini to‘xtatmoqchi

Germaniya IIV rahbari Tomas de Mezer muhojirlar muammosi avj olayotgani sababli Shengen vizasi bo‘yicha kelishuv bekor qilinishi mumkinligini aytib o‘tdi.

Vazir so‘zlariga ko‘ra, YeI mamlakatlari uchun inqiroz uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga oladigan payt keldi. Ayniqsa Britaniya ko‘proq muhojirlarni qabul qilishi kerak.
Qayd etilishicha, 2015 yilda Germaniyaga qochoq maqomidagi 800 ming kishining kelishi kutilmoqda.

Avvalroq nemis hukumati mamlakatga kelayotgan muhojirlar oqimini kamaytirish uchun chegara nazoratini joriy etish va Shengen kelishuviga o‘zgartishlar kiritish haqida bosh qotirayotgani xabar qilingan edi.

Top