13:14 / 22.08.2015
36174

Hollivud va O‘zbekiston shou-biznesining eng daroz mashhurlari

“Darakchi” gazetasi navbatdagi sonida e'lon qilingan reytingda Hollivud va O‘zbekiston shou-biznesi yulduzlarining bo‘ylarini qiyoslab ko‘rdi. Baland bo‘yli mashhurlar ro‘yxatidan shu narsa ma'lum bo‘ldiki, o‘zbekistonlik aktyor va xonandalar hollivudlik hamkasblaridan o‘rtacha 2-3 sm ga balandroq ekan.

Hollivudning erkak va ayol namoyandalari uchun alohida ro‘yxatlar tuzib chiqildi. Erkak yulduzlar reytingi quyidagicha tus oldi:

1. Bred Pitt, 188 sm.

2. Pirs Brosnan, 187 sm.

3. Kianu Rivz, 186 sm.

4. Robert Pattinson, 185 sm.

5. Devid Bekxem, 183 sm.

6. Orlando Blum, 179 sm.

7. Jonni Depp, 178 sm.

8. Mel Gibson va Jan-Klod Van Damm, 175 sm dan.

9. Al Pachino, Tom Kruz, Antonio Banderas, Jyeki Chan, Entoni Xopkins, barchasi 174 sm dan.

10. Deniel Redkliff va Eminem, 173 sm dan.

11. Stiven Spilberg, 171 sm.

 

Eng novcha ayol yulduzlar reytingi:

1. Mariya Sharapova, 187 sm.

2. Uma Turman, 183 sm.

3. Nikol Kidman, 180 sm.

4. Naomi Kempbell, 177 sm.

5. Keti Xolms, 175 sm.

6. Kira Naytli va Pamela Anderson, 170 sm dan.

7. Keyt Uinslet, 169 sm.

8. Jyennifer Lopez, 168 sm.

9. Demi Mur, 165 sm.

10. Madonna, Penelopa Krus, Viktoriya Bekxem, 164 sm dan.

11. Britni Spirs, 163 sm.

12. Sara Jyessika Parker va Natali Portman, 160 sm.

13. Ledi Gaga, 155 sm.

14. Shakira, 150 sm.

O‘zbekistonlik mashhurlar reytingi esa faqat erkaklardan iborat bo‘lib, xonandalar va aktyorlar uchun alohida ro‘yxatlar tuzib chiqildi.

Eng uzun xonandalar reytingida, kutilganidek, Sardor Rahimxon birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rin sohibi – Izzat Ibragimov undan bor-yo‘g‘i 2 sm ga pastlik qildi. Kuchli uchlikka 185 sm li bo‘y sohibi bo‘lgan Ravshan Komilov yakun yasab berdi.

Har birining bo‘yi 174 sm dan keladigan Tohir Sodiqov va Samandar reyting oxirida qolib ketishdi.

O‘ntalikdan, shuningdek, Aziz Rajabiy va Otabek Mutalxo‘jayev (182 sm dan), Ulug‘bek Rahmatullayev (180 sm), Rashid Xoliqov (178 sm), Alisher Fayz (175 sm) o‘rin olishdi.

Keyingi reytingdan ma'lum bo‘lishicha, o‘zbekistonlik aktyorlarning o‘rtacha bo‘yi xonandalardan bir qadar yuqoriroq ekan. Jumladan, ushbu ro‘yxat cho‘qqisini egallagan Farrux Soipov 193 sm bo‘yga ega. Reyting so‘ngidagi Javohir Zokirov esa Samandar va Tohir Sodiqovdan 6 sm ga balanroq bo‘lib chiqdi.

Ikkinchi o‘rinni Ulug‘bek Qodirov (189 sm) egallagan bo‘lsa, uchinchi natijani Rixsitilla Abdullayev va Otabek Mahkamovlar 187 sm li bo‘ylari bilan bo‘lishib olishdi. Reytingga, shuningdek, Behzod Muhammadkarimov va Bobur Yo‘ldoshev (185 sm), Umid Iskandarov (181.5 sm), Alisher Uzoqovlar (181 sm) kiritildi.

Top