12:42 / 22.08.2015
4592

Janubiy Koreya va KXDR yuqori darajali uchrashuv haqida kelishib oldi

Janubiy Koreya va KXDR Koreya yarimorolidagi keskinlashgan vaziyatni muhokama qilish uchun yuqori darajali uchrashuv o‘tkazish haqida kelishib oldi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Ikki mamlakat yetakchilari yordamchilari o‘rtasidagi uchrashuv Janubiy Koreya va KXDR o‘rtasida joylashgan Pxanmunjom qishlog‘ida bo‘lib o‘tadi.

Ayni paytda Shimol va Janub to‘liq jangovar holatdagi qo‘shinlarini chegara bo‘ylab joylashtirib chiqqan.

Top