01:28 / 22.08.2015
2328

Mourino: “Allegri butun yoz davomida Oskar va Ramires haqida gapirdi. Men o‘zimni Pogbaga nisbatan bunday tutmayman”

Londonning “Chelsi” futbol klubi bosh murabbiyi Joze Mourino yarimhimoyachi Pol Pogba londonliklar safida paydo bo‘lishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.

“Pogba – “Yuventus” o‘yinchisi. Men u haqda gapira olmayman. Shuni bilamanki, Allegri butun yoz davomida Oskar va Ramires haqida gapirdi. Men o‘zimni “Yuventus” o‘yinchilariga nisbatan bunday tutmayman”, deb aytdi portugaliyalik mutaxassis.

Top