17:10 / 22.08.2015
2596

Kerroll oyoq kiyimini kiyayotganida jarohat olgani ma'lum qilindi

"Vest Xem" hujumchisi noodatiy tarzda olgan jarohati orqali ingliz matbuotida kinoyalarga uchradi.

26 yoshli angliyalik futbolchi shu yilning fevral oyida tizzasini operatsiya qildirgan va avgustda maydonga qaytishi kutilayotgandi. U deyarli sog‘ayib bo‘lgandi, keyingi haftadan o‘yinlarda qatnashishi mumkinligi aytilayotgandi, lekin biroz oldinroq u yana oktabrgacha safdan chiqqani ma'lum qilingandi.

Daily Mirror nashrida yozilishicha, u oyoq kiyimini kiyish vaqtida to‘piq suyagini jarohatlab olgan, endi u oktabrdan oldinroq o‘yinlarga tusha olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Kerroll 2013 yilda "Liverpul"dan 17,5 mln funt evaziga xarid qilingan, birinchi mavsumda ham jarohat tufayli 15tagina uchrashuv o‘tkazib, 2ta gol urgan, o‘tgan yilda esa 14ta uchrashuvda 5ta golga mualliflik qilgandi.

Top