10:01 / 22.08.2015
4433

Roy Jons Putinning ko‘zlarida o‘ziga nisbatan ehtirom ko‘rgani haqida aytdi

Amerikalik bokschi Roy Jons Vladimir Putin bilan uchrashuvi haqidagi taassurotlarini aytib berdi.

Uning aytishicha, Putin unga katta ehtirom bilan qaragan.

"Yakkakurash sport turlari bilan shug‘ullanadigan har bir kishi men nimani nazarda tutayotganimni tushunadi. Bilasizki, Putin dzyudo bilan shug‘ullanadi. Jangchilar hamisha bir-birlarini hurmat qilishadi va bir so‘zdan yoki bir qarashdan bir-birlarini yaxshi tushunishadi", deydi bokschi.

Eslatib o‘tamiz, Putin Jonsga Rossiya fuqaroligini olishiga va'da bergan edi.

Shundan so‘ng Roy Jons Rossiya fuqaroligini olish uchun ariza topshirdi.

Sportchi Putin bilan uchrashishga AQShni yaxshi ko‘rishi uchun rozi bo‘lgani va Moskva hamda Vashington o‘rtasidagi munosabatlarning yaxshilanishiga qo‘lidan kelganicha harakat qilayotganini ma'lum qilgan.

Top