“Manchester Siti” mehmonda “Everton”ni yutdi, “Uotford” va “Sautgempton” durrang natija qayd qilishdi
“Manchester Siti” futbolchilari Angliya chempionatining 3-turida mehmonda “Everton”ni mag‘lub etishdi. Liverpulda bo‘lib o‘tgan uchrashuv 0:2 hisobida “shaharliklar” foydasiga hal bo‘ldi. To‘plarni 2-bo‘limda Aleksandar Kolarov va Samir Nasri kiritdilar.
Ushbu turning yana bir o‘yinida “Uotford” va “Sautgempton” klublari 0:0 hisobida durrang natija qayd qilishdi.
“Manchester Siti” 9 ochko to‘plab, APL musobaqa jadvaliga boshchilik qilmoqda.
Angliya Premer-ligasi. 3-tur
Everton (Liverpul) – Manchester Siti (Manchester) – 0:2
Gollar: Kolarov, 60 (0:1); Nasri, 88 (0:2).
Uotford (Uotford) – Sautgempton (Sautgempton) – 0:0