23:58 / 23.08.2015
2852

Barselona” mehmonda Suaresning goli evaziga “Atletik”ni yutdi

23 avgust kuni Ispaniya Primerasining 1-turi doirasida ”Barselona” mavsumdagi ilk o‘yinini Bilbaoning “Atletik” klubi maydonida o‘tkazdi. Kataloniyaliklarning barcha urinishlariga qaramasdan, 1-bo‘limda hisob ochilmadi. Bu orada Lionel Messi 11 metrlik jarima to‘pini amalga oshira olmadi – uning zarbasini “Atletik” darvozaboni Gorka Iraisos qaytardi.

2-bo‘limda “Barsa” o‘yinchisi Xordi Alba chap qanotdan raqib jarima maydonida turgan Luis Suaresga to‘p uzatdi va o‘z navbatida hujumchi uch metrlik masofadan darvozaga to‘pni aniq yo‘llay oldi. “Basklar” uchrashuvning oxirigacha hisobni tenglashtirishga bir necha bor yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘ldilar, biroq ulardan oqilona foydalana olmadilar.

Ispaniya Primerasi. 1-tur

Atletik B (Bilbao) – Barselona (Barselona) – 0:1

Gollar: Suares, 54 (0:1).
Amalga oshirilmagan penalti: Messi, 31.
Ogohlantirishlar: Elustondo, 34; Eraso, 37; Gomes, 71 – Rakitich, 44; Vermalen, 64; Suares, 75.

Top