12:14 / 23.08.2015
2369

Bolgariya muhojirlar hujumi xavfi tufayli Makedoniya bilan chegaralarini mustahkamlamoqda

Bolgariya hukumati qo‘shni Makedoniya bilan davlat chegaralarida nazoratni kuchaytirish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda hukumat rahbari Boyko Borisov ma'lum qilgan.

DW nashrida yozilishicha, bu qaror bolgar-makedon chegarasi orqali muhojirlar oqimi paydo bo‘lishining oldini olish maqsadida qabul qilingan.

Eslatib o‘tamiz, shanba kuni 2 ming nafardan ortiq muhojir Gretsiya va Makedoniya chegarasidagi to‘siqlarni buzib o‘tishdi.

2015 yilning boshidan buyon 9200 nafardan ortiq kishi Bolgariyaga boshpana so‘rab, murojaat qilgan. Bolgariya Makedoniyadan farqli ravishda YeI a'zosi, lekin Shengen hududi a'zosi hisoblanmaydi.

Bolqon yarimoroliga Suriyadan qochqinlar Turkiya orqali kirib kelishmoqda. Buni to‘xtatish uchun Bolgariya Turkiya bilan chegarada 30 km masofada devor o‘rnatgan. Bundan tashqari rasmiy Sofiya Gretsiya bilan chegarasida harbiylarni ko‘paytirgan.

Top