17:12 / 23.08.2015
3415

Joze Mourino iste'foga chiqishi mumkinligi haqidagi gaplarga munosabat bildirdi

"Chelsi" jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino o‘zining iste'foga chiqishi haqida tarqalgan mish-mishlarga munosabat bildirib o‘tdi. U shuningdek, jamoaning asosiy hujumchisi Diyego Kostaning ahvoli haqida ma'lumot bergan.

"O‘ylashimcha, Kosta ikkinchi mavsumda o‘zining avvalgi o‘yinlarini ko‘rsatishni boshlaydi. Unda yaxshiroq o‘ynash uchun hamma narsa yetarli. U o‘z ustida ishlashda davom ettirmoqda.

Bukmekerlik idoralarida mening iste'foga chiqishim uchun pul tikishni boshlab yuborishgani haqida bilaman. Undaylarda bunga umid qilish va o‘yinlarda pul tikishdan boshqa imkon yo‘q. Men bo‘shatilmayman", deydi portugaliyalik mutaxassis.

Top