05:42 / 23.08.2015
1904

Kobulning diplomatik dahasida kuchli portlash yuz berishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Afg‘oniston poytaxti Kobulning diplomatik dahasida kuchli portlash yuz berdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, terrorchi-xudkush tomonidan amalga oshirilgan ushbu terakt oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi, 60 kishi jarohat oldi.

Bu haqda Afg‘oniston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lum qildi.

Hozirda voqea tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.

Top