12:52 / 23.08.2015
4344

KXDR qurolsizlantirilgan hududdagi artilleriya qurollari hajmini 2 barobarga oshirdi

Janubiy Koreya hukumati KXDRning qurolsizlantirilgan hududda joylashtirilgan og‘ir artilleriya qurollari hajmi 2 barobarga ortgani haqida ma'lum qildi. Bu haqda "Yonhap" agentligida xabar qilingan.

Shuningdek, KXDRda o‘nlab suvosti kemalari harakatga keltirilgani aytilgan.

Pxenyan 1 haftadan buyon chegaraga o‘rnatilgan radiokarnaylarning olib tashlanishi va o‘ziga qarshi targ‘ibotlar to‘xtatilishini talab qilmoqda. Janubiy Koreya esa bu shartlarni bajarishdan bosh tortmoqda.

22 avgust kuni boshlangan muzokaralar tugallanmay qoldi va 23 avgust kuni davom ettirilishiga kelishilgandi.

Top