20:20 / 23.08.2015
4135

Useyn Bolt 9 karra jahon chempioni bo‘ldi

Olti karra olimpiya chempioni, yamaykalik sprinter Useyn Bolt Pekinda bo‘lib o‘tayotgan yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatida 100 metrlik masofaga yugurishda oltin medalni qo‘lga kiritdi. Sayyoramizning eng “chopag‘on” insoni ushbu masofani 9,79 soniyada bosib o‘tdi. Bolt shu g‘alabasi evaziga 9 karra jahon chempioni bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi.

Yengil atletika. Jahon chempionati. Pekin

Erkaklar. 100 m. Final

1. Useyn Bolt (Yamayka) — 9,79.
2. Jastin Getlin (AQSh) — 9,80.
3. Treyvon Bromell (AQSh) — 9,92
3. Andre de Grass (Kanada) — 9,92

Top