10:35 / 24.08.2015
2933

Amsterdam-Parij poyezdining to‘rt yo‘lovchisi Fransiya oliy mukofoti bilan taqdirlanadi

Amsterdam-Parij poyezdidagi jinoyatchini qurolsizlantirgan britaniyalik Kris Norman hamda amerikalik Spenser Stoun, Entoni Sedler va Alek Skarlatos Fransiyaning oliy mukofoti bilan taqdirlanadi.

VVSning xabar berishicha, mukofotni sayyohlarga prezident Fransua Ollandning shaxsan o‘zi topshiradi.

AQSh prezidenti Barak Obama ham yo‘lovchilarga jasurlik va tezkor munosabat uchun o‘z minnatdorchiligini bildirib, ularning qahramonligi yanada jiddiy fojianing oldini oldi, deb aytib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, 21 avgust kuni Fransiya shimoli-sharqidagi Arras shahri yaqinida Amsterdamdan Parij shahriga ketayotgan tezyurar poyezdda erkak kishi sodir etgan otishma natijasida uch kishi jarohat olgan edi. Jinoyatchi bir necha daqiqa ichida to‘rt nafar yo‘lovchi tomonidan qurolsizlantirilib, huquqni muhofaza qilish organi xodimlariga topshirilgan.

Fransiya ichki ishlar vaziri Bernar Kaznevning aytishicha, bosqinchi — 26 yoshli marokashlik radikal islomiy harakatlar bilan aloqada bo‘lgan.

Top