Dominikan Respublikasi bokschisi Ranses Payano Ozarbayjon vakili Ramal Omonov bilan jangi paytida beldan pastga qayta tushirgan zarbalari uchun jangdan chetlatildi.
Uchrashuv hakami bokschining bunday birinchi xatti-harakati uchun undan ikki ochko olib tashladi, biroq u ikkinchi bor bu harakatni takrorlagach, jangdan chetlatildi.
Shu tariqa, Omonov 63,5 kg gacha vazn toifasida WBA International kamari sohibi bo‘ldi.