14:29 / 24.08.2015
1777

Federer Tsintsinnati finalida Jokovichni mag‘lub etdi

AQShning Tsintsinnati shahrida “Masters” seriyasiga kiruvchi yirik tennis turniri yakunlandi.

Western & Southern Open nomi bilan ham ataladigan ushbu turnir finalida serbiyalik Novak Jokovich shveysariyalik Rojyer Federerga qarshi kortga chiqdi va mag‘lub bo‘ldi.

Federer ikki set davom etgan bahsda 7:6 va 6:3 hisoblari bilan g‘olib chiqdi.

Biroz oldinroq, ushbu turninrning ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan bahslarida Serena Uilyams ketma-ket ikkinchi yil tengsiz deb topilgani xabar qilingandi. U finalda ruminiyalik Simona Xalepdan ustun kelgan.

Ma'lumot uchun, ushbu turnirning jamg‘armasi 4 457 065 dollarga teng edi.

Top