17:42 / 24.08.2015
3763

Finlyandiya Rossiyaning qurollanishidan xavotirlanmoqda

Finlyandiya tashqi ishlar vaziri Timo Soyni Rossiyaning qurollanishidan xavotirda ekanini aytib o‘tdi, deyiladi Yle nashri xabarida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ukrain mojarosi Rossiya va G‘arb o‘rtasida avvaldan mavjud bo‘lib kelgan kesinlikni yaqqol yuzaga chiqardi. Bunday vaziyatda Finlyandiya o‘z mudofaasi uchun qayg‘urishi lozim.

“Buni Rossiyaga yo‘naltirilgan harbiylashish sifatida emas, balki mudofaa salohiyatini majburiy ko‘tarish tarzida talqin qilish lozim. Bizning NATOdagi ishtirokimiz shuni ko‘rsatmoqdaki, Finlyandiya xavfsizlikning passiv iste'molchisi emas, balki ishlab chiqaruvchisi hamdir”, – dedi Soyni.

Vazir o‘z so‘zida Finlyandiya davlat byudjyetini qisqartirish zaruriyati borligiga qaramasdan, inqirozlarni bartaraf etuvchi xalqaro amaliyotlardagi ishtirokini to‘xtatmasligini aytgan. Uning fikricha, NATO bilan hamkorlikdagi dasturlar mamlakat mudofaasi uchun zarur.

Top