20:50 / 24.08.2015
5061

Grozniyda "Ahmat" minorasi qurilishi boshlandi

Checheniston poytaxti Grozniy shahrida "Ahmat" minorasining qurilish ishlari boshlandi. Bu haqda mamlakat rahbari Ramzon Qodirov feysbukdagi sahifasi orqali ma'lum qilgan.

"Biz Rossiyaning Shimoliy Kavkaz ishlari bo‘yicha vaziri Lv Kuznetsov bilan birgalikda "Ahmat" minorasining qurilishi boshlanishiga rasman ko‘rsatma berdik. Qurilish maydonida burg‘ulash ishlari boshlandi. Bu yerda 200ta ustun o‘rnatiladi", deb yozadi Qodirov.

U bu voqeani Checheniston uchun tarixiy voqealigini bildirgan.

"Bu loyiha orqali minglab yangi ish o‘rinlari yaratiladi, biznes rivojlanadi va sayyohlar oqimi ortadi. Dunyoda iqtisodiy inqiroz bo‘layotganiga qaramasdan bu muammo loyiha uchun sarmoya kiritilishiga xalal bermaydi", dedi Checheniston rahbari.

Taxmin qilinishicha, Grozniydagi minora Yevropa hududidagi barcha eng inshootlardan ham baland bo‘ladi. Uning eng yuqorisida atrofni kuzatish uchun maydoncha barpo etiladi.

Top