08:32 / 24.08.2015
19456

Ijtimoiy tarmoqlarda milliy Chevrolet Aveo avtomobili suratlari tarqaldi

Feysbuk ijtimoiy tarmog‘idagi «Voditeli Tashkenta» guruhida yangi Chevrolet Aveo avtomobilining suratlari e'lon qilindi.

Mazkur modelning milliy bozorimizga 2016 yilda chiqarilishi taxmin qilinmoqda.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining qayd etishicha, avtomobil tashqi tomondan boshqa milliy mahsulot — Chevrolet Epicaga o‘xshab ketadi.

Avvalroq 2015 yil avgus oyida Asaka (Andijon viloyati)dagi zavodiga Aveo modelini ishlab chiqarish uchun uskunalar o‘rnatilgani xabar qilingan edi.

Top