08:51 / 24.08.2015
7813

Janubiy Koreya KXDR chegarasidagi ovoz kuchaytirgichlarni o‘chirmoqchi emas

Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe Shimoliy Koreya rejimiga qaratilgan tashviqot o‘tkazishda qo‘llanilayotgan ovoz kuchaytirgichlarni o‘chirish rejalashtirilmayotganini ma'lum qildi, deya xabar tarqatdi Yonxap agentligi.

Prezident fikricha, dastavval KXDR hukumati chegaradagi qurolsizlantirilgan hududga Koreya Respublikasi askarlarining o‘limiga sabab bo‘lgan minalarni o‘rnatgani uchun kechirim so‘rashi lozim.

O‘z yordamchilari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Pak xonim Shimoliy Koreya tashviqot o‘tkazmaslikka ham va'da berishi lozim ekanini aytib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, KXDR va Janubiy Koreya o‘rtasidagi qarama-qarshilik Janubiy koreyalik askarlarning qurolsizlantirilgan hududda minaga duch kelib halok bo‘lganidan so‘ng boshlangan edi. Bunga javob tariqasida Janubiy Koreya so‘nggi 11 yil ichida ilk bor KXDRga qarshi tashviqot o‘tkazuvchi ovoz kuchaytirgichlarni ishga soldi.

Top