17:53 / 24.08.2015
1979

Misrda portlash yuz berishi oqibatida 2 politsiyachi halok bo‘ldi

Misrda politsiyachilarni olib ketayotgan avtobus portlashi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi va 24 kishi jarohatlandi. Bu haqda Daily News Egypt nashri xabar bergan.

Misr ichki ishlar vazirligining ma'lum qilishicha, bu voqea Buxeyra viloyati hududida ro‘y bergan.

Jarohatlanganlar o‘sha zahoti hududdagi shifoxonalarga yetkazilgani aytilgan.

Mutaxassislar atrof hudida terakt takrorlanishi ehtimolini ko‘rib chiqishmoqda.

Bundan oldinroq, mamlakat poytaxti Qohira shahridagi sud binosi oldida portlash sodir bo‘lishi oqibatida kamida 29 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.

Top