07:39 / 24.08.2015
2903

Moskva yo‘llarida kechki tekshiruv paytida 500 dan ortiq pichoq va bitalar musodara qilindi

Moskvada avtomobillarni tekshirish bo‘yicha katta miqyosdagi tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Rossiya Ichki ishlar vazirligining Moskva bo‘yicha bosh boshqarmasi matbuot xizmati

21 avgustdan 22 avgustga o‘tar kechasi o‘tkazilgan operatsiya davomida transport vositalari tekshirilganda 15ta qurol, 312ta bita, 183ta pichoq va giyohvand moddalar musodara qilindi. Qayd etilishicha, huquq-tartibot muassasalari xodimlari 46ta jinoyatni fosh etishdi va qidiruvda bo‘lgan 19 kishini hibsga olishdi.

Operatsiya davomida, shuningdek, olib qochib ketilgan 30ta transport vositasi topildi.

Tadbirda 2 mingdan ziyodroq politsiyachi ishtirok etdi. Kelgusida bunday tadbirlarni muntazam ravishda o‘tkazib turishga qaror qilindi.

Top