16:32 / 24.08.2015
4011

Muxlislar 2012 yilda Aguero tomonidan "KPR"ga urilgan golni APL tarixidagi eng unutilmas voqea deb topishdi

Sky Sports telekompaniyasi Angliya premer-ligasining 23 yilligida APL ma'muriyati bilan liga muxlislari ishtirokida eng esda qolarli vaziyatlar reytingini tuzdi.

Unga ko‘ra, 2011/2012 yilgi mavsumda «Manchester Siti» hujumchisi Serxio Aguero tomonidan so‘nggi turning qo‘shimcha daqiqalarida «KPR» darvozasiga kiritgan goli eng esda qolarli vaziyat deb topildi. Mazkur holat 7474 ta ovoz to‘pladi.

Ikkinchi o‘rinni o‘sha mavsumda «Siti» sardori Vensan Kompani tomonidan «Manchester Yunayted» darvozasiga kiritilgan g‘alaba to‘pi joy egalladi (5275 ovoz).

2003/04 yillardagi «yengilmas» «Arsenal» mazkur reytingda kuchli uchlikni (3697 ovoz) yakunlab bergan. Mazkur mavsumda londonliklar APLning barcha uchrashuvlarini mag‘lubiyatsiz yakunlab, (26 g‘alaba, 12 durang) o‘ziga xos rekord o‘rnatishgan va hozirga qadar so‘nggi chempionlik unvonini qo‘lga kiritishgandi.

4. Ueyn Runi. «Manchester Siti» darvozasiga «qaychi» uslubida urgan goli (3571 ovoz).

5. «Lester»ning «Manchester Yunayted» darvozasiga 5ta to‘p kiritishi (3379 ovoz).

6. «Chelsi»ga qarshi uchrashuvda Jyerrardning yiqilib tushishi va chempionlikning «Siti»ga boy berilishi (2603 ovoz).

7. «Manchester Yunayted»ning «Arsenal» ustidan 8:2 hisobida g‘alaba qozonishi (1993 ovoz).

8. Jyek Uilsherning «Norvich» darvozasiga urgan golning kombinatsiyasi (1783 ovoz).

9. «Liverpul»ga qarshi uchrashuvda «Kristal Pelas» ijrosidagi o‘ziga xos «kambek» (1716 ovoz).

10. Mario Balotellining «MYu» darvozasiga kiritilgan golidan keyin golni futbolkasidagi «Why always me» yozuvi bilan nishonlashi.

Top