15:23 / 24.08.2015
14287

O‘zbekiston 20 kilometrgacha balandlikda qo‘llaniluvchi R-73E aviaraketalariga ega bo‘lishi mumkin

Rossiyaning yaqin janglar uchun R-73E aviatsion raketalar ishlab chiqaruvchisi 2016 yilda o‘z mahsulotlarini O‘zbekistonga yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolashi mumkin. Bu haqda “Buks” tashkiloti bosh direktori Yuriy Klishin ma'lum qildi.

“2016 yilda tashkilot raketalar yetkazib berish bo‘yicha Qozog‘iston, O‘zbekiston va Kuba bilan shartnoma tuzishni rejalashtirgan”, deya Klishin so‘zlaridan iqtibos keltirib o‘tdi RIA Novosti.

U, shuningdek, sobiq ittifoq hududidagi qariyb barcha mamlakatlar qurolli kuchlarida 20 kilometrgacha balandlikdagi nishonni yo‘q qilishga qaratilgan “havo-havo” toifasidagi bu kabi raketalar mavjudligini aytib o‘tgan.

Top