19:00 / 24.08.2015
2182

O‘zbekistonda 22-23 avgust kunlari umumxalq hasharida 17,5 mln kishi ishtirok etgani ma'lum qilindi

O‘tgan haftaning dam olish kunlari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan umumxalq hasharida 17,5 milliondan ortiq odamlar ishtirok etishgan. Bu haqda O‘zA xabar tarqatdi.

Mazkur hashar tadbiri Vazirlar Mahkamasining 12 avgustdagi maxsus e'loni asosida tashkil qilingan.

Ikki kunlik hashar davomida jami 38 ming gektardan ortiqroq hududlar tozalangan. Ko‘chalar, turar joy binolari, bolalar maydonchasi, xiyobonlar tartibga keltirilgan. 25 ming km hududda yangi daraxt ko‘chatlari ekilgan.

Top