18:14 / 24.08.2015
2222

Pedroning "Barselona" bilan xayrlashuv matbuot-anjumani o‘tkazildi

Londonning «Chelsi» klubi hujumchisi Pedro endilikda sobiq jamoasi «Barselona» bilan xayrlashish maqsadida Kataloniyada tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

«Biroz hayajonlanayapman. Men hozir nima deyishga ham hayron bo‘lib turibman. «Barselona» safida to‘p surish mening orzularimning ushalishi bo‘lgan. Barcha, ayniqsa menga jamoada sheriklik qilgan klubdoshlarimga minnatdorchilik bildirishni istayman. Men Inesta, Xavi, Valdes, Puyol, Buskets va dunyoning boshqa eng kuchli futbolchilaridan ko‘p narsalarni o‘rgandim.

O‘z uyimdan ketayotganimdan xafaman, ammo bu yerda juda yoqimli vaziyatlarda yashaganimdan judayam xursandman. O‘z ambitsiyalarimni yuqori hisoblayman va tushundimki, bu yerda o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish men uchun juda og‘ir bo‘lardi.

Men oldinda yangi bir yo‘lga qadam qo‘yganimdan xursandman. Jamoada qolishni istab iyunda «Barselona» bilan shartnomamni uzaytirgandim. Ammo shartnoma bandida ketishim mumkinligi haqidagi band ham bor edi.

«Barselona» – dunyoning eng kuchli jamoasi. Boshqa hech qayerda bu yerdagiday jamoa yo‘q. Ammo men o‘zimga yoqadigan va tez-tez maydonga tushishim mumkin bo‘lgan jamoaga borib qo‘shildim. Dastlab «Chelsi» futbolkasini kiyishga ko‘nika olmadim. Chunki qachondir «Barselona»ni tark etish xayolimga ham kelmagandi. O‘tgan yilgi mavsum men uchun juda og‘ir kechdi. Chunki bizda raqobat o‘ta yuqori edi. Men deyarli maydonga tushmadim. «Chelsi»da meni juda ajoyib tarzda kutib olishdi. Birinchi kundanoq o‘zimni juda yaxshi his qilishni boshladim. Jon Terri – ajoyib sardor. Angliyaning «MYu» va «Siti» jamoalaridan qiziqish bo‘lgani rost. Lekin «Chelsi» barchadan tezroq harakat qildi va transferimni rasmiylashtirdi. Men Mourino bilan gaplashdim. U haqiqatan ham menga telefon qildi. U bilan suhbatimiz menga yoqdi va Joze meni «Chelsi»da o‘ynashimga ishontira oldi, deya Pedroning so‘zlaridan iqtibos keltiradi barcastuff tvitter akkaunti.

Top