10:12 / 24.08.2015
2320

Polsha prezidenti NATOning sharqiy qanotida harbiy bazalar yaratish kerakligini aytdi

Polsha prezidenti Anjyey Duda NATOning sharqiy qanotida harbiy bazalar yaratish kerakligini aytdi.
“Bizga o‘rtoq bo‘lgan harbiy kuchlar NATOning real chegarasi o‘tadigan joyda turishi kerak. Bu mening taklifim. Ittifoqchilarimiz uni ko‘rib chiqishi darkor”, - dedi u Tallinda o‘tkazilgan press-konferensiyada.
Uning fikricha, bu qaror tarixiy nuqtai nazardan nafaqat to‘g‘ri, balki adolatli ham bo‘lar edi.
Uni Estoniya prezidenti Toomas Ilves qo‘llab-quvvatladi.

Eslatib o‘tamiz, yakshanba kuni Duda o‘z prezidentligidagi birinchi xorijiy safarni uyushtirdi: u Estoniga tashrif buyurib, parlament spikeri Eyki Nestor va bosh vazir Taavi Riyvas bilan urashdi.

Top