15:58 / 24.08.2015
4197

Poroshenko Rossiya federatsiyasi Ukraina bilan chegaraga 50 ming askar to‘plaganini iddao qilmoqda

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko jangarilarning mamlakat ichkari qismiga ham chuqur kirib borishi mumkinligini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya-Ukraina chegarasida 50 ming harbiy to‘planib ulgurgan.

Dushanba, 24 avgust kuni Mustaqillik kuni munosabati bilan bo‘lib o‘tgan marosimda so‘zga chiqqan Poroshenko Ukraina sharqidagi chegaralarda 50 ming rossiyalik harbiy to‘plangani, uning ichki qismida esa Rossiya qurolli kuchlarining 40 ming harbiysi va 9 ming yuqori lavozimdagi vakillar mavjudligini ma'lum qildi.

Moskva esa Ukraina chegarasida Rossiya qurolli kuchlarining mavjud emasligini bir necha bor e'lon qilib, bu ma'lumotni xalqaro obektiv tekshiruvlar natijalari ham tasdiqlashini aytib o‘tdi.

Ukraina yetakchisi ehtimoliy tahdid sababli mamlakat qurolli kuchlarining harbiy salohiyatini oshirishga asosiy e'tibor qaratilishini ta'kidlab o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ukrain armiyasi har kuni takomillashib bormoqda.

Top