Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vazirligiga Kuvaytdan yetkazilgan 2.2 mln dollarlik gumanitar yuk yetkazildi.
Qirg‘iziston TIVning xabar berishicha, yuk tarkibiga shifoxonalar va klinikalar uchun asbob-uskuna va jihozlar kiradi. Bu yukning yuborilishi Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev Xalqaro islom xayriya tashkiloti rahbari, doktor Abdulloh Matuuk al-Matuuk bilan 2015 yil aprelida Bishkekda o‘tkazilgan uchrashuvi yakunlariga ko‘ra erishilgan kelishuv natijasi bo‘ldi.
Yuk “Jamiyati as-salom lil-amo' al-insoniya val-xayriya” tashkiloti tomonidan yetkazib berildi.