08:58 / 24.08.2015
2515

Saudiya Arabistonida ilk bor ayollarga saylovlarda qatnashish huquqi berildi

Saudiya Arabistonida yakshanba, 23 avgust kuni munitsipal saylovlarda qatnashish uchun nomzodlarni ro‘yxatga olish boshlandi. Unda mamlakat tarixida ilk bor ayollarning ham ishtirok etishiga ruxsat berildi, deya xabar berdi Interfaks.

Mahalliy OAV ma'lumotlariga ko‘ra, ayollar nafaqat ovoz berishlari, balki 2015 yil dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan saylovlarda nomzod sifatida ham qatnashishlari mumkin.

Qayd etilishicha, ayollar faqat munitsipal saylovlarda ishtirok eta oladi.

Amaldagi qoidalarga binoan, munitsipal kengashning yarmi saylovchilarning ovozi orqali, qolgan yarmi esa qirol farmoniga binoan tayinlanadi.

Top