19:56 / 24.08.2015
4941

Toshkentda “Ozod yurt to‘lqinlari” VIII media-festivali bo‘lib o‘tdi

21 avgust kuni Toshkentda “Ozod yurt to‘lqinlari” VIII media-festivali o‘tkazildi. Tadbir tashkilotchilari EOAVMA hamda NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha parlament komissiyasi bo‘ldi.

Matbuot xabarnomasida ta'kidlanishicha, festival nodavlat elektron OAVni qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyatini rag‘batlantirish, jurnalistlar va texnik xodimlarning professional mahoratini oshirishga qaratilgan. Festival, shuningdek, O‘zbekistonda nodavlat TV rivojlanishiga ko‘mak beradi, jurnalistlarning tele va radiodasturlar tayyorlashdagi faoliyatini rag‘batlantiradi.

Joriy yilda festival “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – O‘zbekistonim!” shiori ostida o‘tdi.
“24 yil avval bunday festivallarning ko‘tarilishini hatto xayolga ham keltirib bo‘lmas edi. Oldin bor-yo‘g‘i uchta kanal bor edi, shulardan ikkitasi Markazdan translyatsiya qilinar eedi. Ammo shu yilning o‘zidayoq EOAVMAning “Ozod yurt to‘lqinlari” festivalida 100ga yaqin nodavlat teleradiostansiyalar vakillari ishtirok etdi. Asosiysi, nominantlarning har biri o‘z formatiga, o‘z mundarijasi va qarashiga, o‘z kreativ yondashuviga ega, bu fikrlar xilma-xilligini va mamlakat media sanoatidagi raqobat muhitini ta'minlaydi”, - dedi EOAVMA boshqaruvi raisi F.Abduxoliqov o‘z tabrik so‘zida.

Mukofotlar 4 nominatsiya bo‘yicha topshirildi.
“O‘zbekiston Respublikasi 24 yilligiga bag‘ishlangan eng yaxshi dastur” nominatsiyasida birinchi o‘rinni EOAVMA Yoshlar studiyasining NonStop loyihasi, ikkinchi o‘rinni “Vodiy sadosi” radiostansiyasining “Mustaqillik solnomasi”, uchinchi o‘rinni “Mening yurtim – mening faxrim” loyihasi egalladi.
“Eng yaxshi media-loyiha” deb “Mening Yurtim” telekanali topildi. Shuningdek, kuchli uchlikka “O‘zbekiston kabel televideniyesi” hamda “Ruxsor” kanali kirdi.
“Eng yaxshi telekanal” nominatsiyasida sovrinli o‘rinlarni “Samarqand STV”, Uzreport TV va “Istiqlol TV” (Buxoro) egalladi.
“Eng yaxshi radiostansiya” deb “Oriat FM” topildi. Ikkinchi o‘rin “Hamroh” avtoradiosiga, uchinchi “Grand” radiosiga nasib qildi.
G‘oliblar va sovrindorlarga festival haykalchalari, diplomlar hamda qimmatbaho sovg‘alar tarzida raqamli videotexnika, zamonaviy kompyuter va planshetlar topshirildi.

Shuningdek, festival doirasida Parlament komissiyasi navbatdagi davlat grantlari sohiblarini e'lon qildi.

Top