20:16 / 24.08.2015
5659

Turkiyaning kurort shaharlarida yangi o‘quv yili boshi Qurbon hayit bayrami munosabati bilan kechroq boshlanadigan bo‘ldi

Turkiyaning Egey dengizi bo‘yida joylashgan kurort shaharlaridagi maktablarda yangi o‘quv yili boshi odatdagidan ikki hafta keyin boshlanadigan bo‘ldi. BGN News nashrining ma'lum qilishicha, gap Mugla viloyatidagi uchta shahar haqida ketmoqda. Bu shaharlar merlari Turkiya ta'lim va sayyohlik vazirligiga o‘quv yili boshini Qurbon hayiti ta'til kunlariga to‘g‘ri kelishi uchun kechroq sanaga qoldirishni so‘rab murojaat qildilar. Bu yili Qurbon hayiti 24-27 sentabr kunlari nishonlanishi belgilangan.

Shu holat sababli ushbu shaharlar merlari sayyohlik sohasidan ko‘rilgan zararlarni qoplashga umid bildirishmoqda. Biroq o‘quv yili boshi ko‘chirilishi bunga qanday ta'sir qilishi aytilmagan.
Shunisi ma'lumki, bu fikrni mamlakat bosh vaziri Ahmed Dovudo‘g‘lu qo‘llab-quvvatladi. Endi o‘quv yili odatdagidek 14 sentabrdan emas, balki 28 sentabrdan boshlanadigan bo‘ldi. O‘z navbatida, o‘quv yili oxiri ham ikki haftaga suriladi, ya'ni o‘quv yili 2016 yilning 17 iyuliga qadar davom etadi.

Turkiya hukumati ma'lumotlariga ko‘ra, 2015 yilning birinchi yarmida mamlakatga tashrif buyurgan sayyohlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,25 foiz kamayib ketgan. Sayyohlikdan olinadigan daromadlar esa 13,8 foizga kamayib

Top