11:56 / 24.08.2015
2814

Yaponiyaning Nippon Steel zavodidagi yong‘in qo‘shni zavodga ham o‘tdi

Tokioning “Xaneda” aeroporti yaqinida joylashgan quvur ishlab chiqaruvchi Nippon Steel & Sumikin Pipe Co.Ltd. zavodida yuzaga kelgan yong‘in mamlakatdagi kosmetika va xo‘jalik buyumlari ishlab chiqaruvchi yirik zavodlardan biri — Kao Corporation binolarini ham qamrab olmoqda. Bu haqda Kiodo agentligi xabar berdi.

Kao Corporation zavodidan xodimlar evakuatsiya qilishga to‘g‘ri keldi. Nippon Steel & Sumikin Pipe Co.Ltd. zavodidagi hodisadan jabrlanganlar haqida axborot yo‘q.

Ayni paytda yong‘in joyida o‘t o‘chiruvchilar ish olib borib, hodisa sabablari o‘rganilmoqda. 

Zavod noyabr oyida buzib tashlanishi rejalashtirilgani bois, u yerda hech kim bo‘lmagan.

Yaponiya transport vazirligining xabar berishicha, yong‘in avtoqatnovlarga ta'sir ko‘rsatmagan. Biroq shu vaqtning o‘zida Kavasaki shahri avtomagistralining zavod joylashgan qismida qatnovlar to‘xtatib qo‘yilgani ma'lum qilindi.

Biroz oldinroq, Tokio aeroporti yaqinida kuchli portlash sodir bo‘lib, yong‘in chiqqani xabar qilingandi.

Top