10:12 / 25.08.2015
12599

“Yoshlar” va “Navo” telekanallarida O‘zbekiston bayrog‘i teskari ko‘rsatilmoqda

O‘zbekiston mustaqilligining 24 yilligi munosabati bilan “Yoshlar” va “Navo” telekanallari o‘z ko‘rsatuvlarini yuqori chap tarafda maxsus yorliq bilan efirga uzatmoqda. Ushbu yorliq markazida “24 yil” degan yozuv bitilgan bo‘lib, uning fonida O‘zbekiston bayrog‘i hilpirab turibdi.

Ammo ming afsuski, texnik nosozlik sabablimi yoki e'tiborsizlikdanmi, O‘zbekiston bayrog‘i teskari tarzda hilpirab turibdi. Ya'ni bayroqning yuqori qismida yashil rang, quyi qismida esa moviy rang aks etgan. Bu haqda "xushnudbek.uz" xabar qildi.

Mazkur holat ijtiomiy tarmoqlarda ham muhokamaga sabab bo‘lmoqda. Hozircha nima uchun O‘zbekiston bayrog‘ining teskari tarzda efirga uzatilayotganining sababi ma'lum bo‘lgani yo‘q. Bu haqiqatdan e'tiborsizlikmidi yoki bundan aniq boshqa maqsad ko‘zlanganmidi, hozircha noma'lum.

Skrinshotlar 25 avgust soat 9:30-9:45 orasida olingan.

Top