15:21 / 25.08.2015
2053

AQSh 2 yilda 10 ming suriyalik qochqinni qabul qilishi mumkin

AQSh 2 yil davomida 10 ming suriyalik qochqinni qabul qilishga tayyor. Bu haqda AQSh davlat departamenti matbuot kotibi Jon Kirbi bayonot berdi.
“Joriy moliyaviy yilda biz Suriyadan 1-2 ming, keyingi yilda esa 5-8 ming qochqin qabul qilib olishni rejalashtirmoqdamiz”, - dedi u jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida.
Kirbi qochqinlar ishi bo‘yicha BMT bosh komissari boshqarmasi ro‘yxatida 15 ming qochqin qayd qilinganini eslatib o‘tdi.

Top