11:44 / 25.08.2015
5711

Audi A3 kabrioletini olti eshikli limuzinga aylantirdi

Audi kompaniyasining Germaniya hududida avtomobillar savdosi bilan shug‘ullanuvchi bo‘linmasi 2007 yilda ishlab chiqarilgan A3 kabrioletini olti eshikli ochiq limuzinga aylantirdi. Mashina AudiSommer («AudiYoz») promo-aksiyasi doirasida yasaldi.

Avtomobilning texnik xususiyatlari noma'lum. Kabriolet tashqi tomoni sport mashinalaridan old va orqa qismi bilan farqlanuvchi S-paket va 17-dyuymli g‘ildirak diskalari bilan ta'minlangan.

Audi Deutschland vakilining Feysbukdagi izohidan ma'lum bo‘lishicha, avtomobil faqat bitta nusxada ishlab chiqilgan. Uni sotish rejasi esa aniqlashtirilmagan.
Audi A3 xetchbekining ikkinchi avlodi 2003 yildan 2012 yilga qadar ishlab chiqarilgan. Nemis kabriolet markasi esa 2008-2012 yillarda ishlab chiqarilgan.
Yangi avlod A3 avtomobillari 2012 yil kuzidan buyon ishlab chiqarilmoqda.

Top