23:49 / 25.08.2015
2717

OAV: Xitoyda Tyantszindagi portlashlarni tashkil qilishni yolg‘on ravishda o‘z zimmasiga olgan erkak qo‘lga olindi

Xitoyda Tyantszindagi portlashlarni tashkil qilishni o‘z bo‘yniga yolg‘on ravishda bo‘yniga olgan erkak qo‘lga olindi. Politsiya Xitoyning markaziy Xunan viloyatida yashovchi 28 yoshli erkakni Tyantszindagi portlashlarni tayyorgarlagani haqidagi yolg‘on xabar bergani uchun hibsga oldi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

135 kishining umriga zomin va 800 ga yaqin kishining yaralanishiga sabab bo‘lgan, 12 avgustda “Juyxay” logistik kompaniyasining omborxonasida sodir bo‘lgan portlashdan keyin ikki kun o‘tib Xitoydagi forumlardan birida Yunjou uyezdining Tan ismli hech qayerda ishlamaydigan shaxsning omborxonadagi benzinli bochkalar yonida katta miqdorda quruq spirt qo‘yib, uni yoqib yuborib, qochib ketgani haqidagi xabar paydo bo‘ldi.
“Men Tyantszinda portlashni sodir etib xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lsamda, bundan afsuslayman”, deb yozgan edi qo‘lga olingan “soxta qahramon”.

Xabar chiqqan kunning ertasigayoq yolg‘onchining uyiga politsiyachilar tashrif buyurishdi.
Tergov davomida, Tan bergan ma'lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi ayon bo‘lishiga qaramasdan, politsiya “yolg‘on terrorchilik axborotini tayyorlash va tarqatish” moddasi bo‘yicha unga nisbatan 5 kunlik ma'muriy hibsda ushlab turish jazosi qo‘llandi. Qoidabuzar nima uchun bunday qilgani ma'lum qilinmagan.

Top