09:47 / 25.08.2015
1958

OAVda Bayden oktabr oyida AQSh prezidentligi nomzodlar safiga qo‘shilishi haqida xabarlar tarqaldi

AQShning amaldagi vitse-prezidenti Jozef Bayden AQSh prezidentligi uchun poygaga qo‘shilishi mumkin. Bu haqda uning yordamchilaridan biriga asoslanib, CNN telekanali xabar bergan.

"Ehtimol, amerikalik siyosatchilar orasida Bayden kabi barcha masalani yaxshi tushunadigan shaxs topilmas", deydi brifing chog‘ida Oq uy vakili Josh Ernest.

Qayd etilishicha, Bayden demokratlar vakili bo‘lgan senator Elizabet Uorren bilan uchrashganidan keyin prezidentlik uchun saylovda ishtirok etish haqida o‘ylay boshlagan.

Uning saylovlarda ishtirok etishi boshqa bir demokrat nomzod Hillari Klintonning imkoniyatlarini keskin kamaytirib yuborishi aytilmoqda.

Biroz oldinroq, Baydenga yaqin manbalardan biri uning o‘z qarori haqida sentabr oyida ma'lum qilishini bildirgandi.

Ma'lumot uchun, 72 yoshli Bayden 1988 va 2008 yillarda saylovoldi kampaniyasida ishtirok etib, tezda poygadan chiqib ketgan edi.

Top