O'zbekistonlik 21 bola Germaniyada bepul davolanishga yo'l oldi. Ular orasida yuz-jag' tug'ma nuqsonlariga, ortopedik kasalliklar va kuyishdan jabr chekkanlar bor.

Aktsiya “Sog'lom avlod uchun” xalqaro nohukumat xayriya jamg'armasi, sog'liqni saqlash vazirligi va Friedensdorf International xalqaro tashkiloti tomonidan o'tkazilmoqda.
“Pravda Vostoka” nashrining keltirishicha, joriy yilda aksiya doirasida yuz-jag' nuqsonlariga ega 150 bola va ortopedik xastaliklarga chalingan 150 bola davolangan.