12:33 / 25.08.2015
2239

O‘zbekistonlik chavandoz "German Friedenships"ning kumush medalini qo‘lga kiritdi

Germaniyaning Xerford shahrida ot sporti bo‘yicha bolalar va o‘smirlar o‘rtasida “German Friedenships” xalqaro musobaqasi o‘tkazildi.

Dunyoning 40dan ziyod davlati vakillari ishtirokida o‘tkazilgan mazkur musobaqada O‘zbekistondan Timur Azizov (12-15 yosh) va Oqil Sobirjonov (16-18 yosh) g‘oliblik uchun kurash olib borishdi.

Musobaqa ishtirokchilari ikki kishidan bo‘lib jamoalarga ajratilgan va har bir jamoadan biror bir davlat vakili bilan birga mezbon sportchi o‘rin egalladi.

Natijalarga ko‘ra, balandligi 120 sm. to‘siqlar osha sakrash bo‘yicha bo‘lib o‘tgan musobaqada Timur Azizov jamoasi ikkinchi ko‘rsatkichni qayd etib, kumush medal sovrindori bo‘ldi.

O‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqalarda ishtirok etgan Oqil Sobirjonov jamoasi esa kuchli o‘ntalikdan joy oldi.

Top