16:06 / 25.08.2015
2223

Qo‘ng‘irotda ikkita zamonaviy sport maydonchasi foydalanishga topshirildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanida minifutbol, voleybol, basketbol va tennis bilan shug‘ullanishga mo‘ljallangan ikkita zamonaviy sport maydonchasi foydalanishga topshirildi.

«Urganchtransgaz» sho‘ba korxonasi tomonidan bunyod etilgan maydonchalar bu yerda mehnat qilayotgan 300 dan ziyod ishchining mazmunli dam olishi va bo‘sh vaqtini maroqli o‘tkazishiga xizmat qiladi.

"Prezidentimiz rahnamoligida aholi, ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Yangi sport maydonchalari korxonamiz tizimida keyingi yillarda bunyod etilgan beshinchi shunday inshootdir. Tashlandiq joyda yaratilgan bunday zamonaviy sport maydonchalari ishchi-xizmatchilarimiz, ayniqsa, xotin-qizlarga munosib bayram sovg‘asi bo‘ldi", – deydi «Urganchtransgaz» sho‘ba korxonasi xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Dilorom Xudoybergenova.

Yangi sport maydonchalarining ochilishiga bag‘ishlangan tadbir doirasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkasi ham tashkil etildi. Minifutbol bo‘yicha tarmoq xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqa yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. «Urganchtransgaz» sho‘ba korxonasi Qo‘ng‘irot gaz tarmoqlari boshqarmasiga Samarqandda ishlab chiqarilgan «Isuzu» avtobusi berildi.

Top