05:53 / 25.08.2015
4358

Rossiya neft-gaz ishlab chiqaruvchilari ittifoqi rahbari: neftning bir barreli 8 dollar turganda ham bu fojia bo‘lmaydi

Rossiya neft-gaz ishlab chiqaruvchilari ittifoqi rahbari Gennadiy Shmal agarda neftning narxi bir barreli uchun 8 dollarga ham tushib ketsa, buning Rossiya uchun fojiali joyi bo‘lmaydi, deb aytmoqda. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.

“Fikrimcha, neft narxi 40 dollardan pastga tushmaydi. Biroq biz bir bochka neft 8-9 dollar turgan bundan murakkabrok davrlarni ham boshdan kechirganmiz. Biz o‘shanda neft narxi 20-25 dollarga ko‘tarilishini orzu qilardik. O‘shanda ham hech qanday fojia yuz bermagan”, deb aytmoqda Shmal. Shmal rossiyaliklar ko‘proq tejashlariga to‘g‘ri kelishini, biroq “Rossiya iqtisodiyoti bundan uncha ziyon ko‘rmasligini” ta'kidlab o‘tdi.

“Ha, qayerdadir kamarni qattiqroq siqishga to‘g‘ri keladi, biroq Rossiya byudjyeti uncha ziyon ko‘rmaydi”, deb aytmoqda Shmal.

Bundan avval Brent markasidagi neft narxi 43 dollardan pastroqqa tushib ketgani ma'lum qilingan edi.

Top