18:36 / 25.08.2015
2122

Tbilisida Osiyo infratuzilmalar investitsiyalari banki prezidenti saylandi

24 avgust kuni Gruziya poytaxti Tbilisida Osiyo infratuzilmalar investitsiyalari banki (OIIB) ta'sischi-mamlakatlari vakillari uchrashuvida bank prezidentligiga saylov bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning barcha ishtirokchilari bir ovozdan OIIB bosh kotibi, sobiq Xitoy moliya vazirining sobiq o‘rinbosari Tszin Litsyun nomzodini tasdiqlashdi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar berdi.

Tbilisidagi ikki kunlik uchrashuv vaqtida bank asoslari va shakllanishiga oid ko‘plab masalalar muhokama qilindi. Gruziya moliya vaziri Nodar Xadurining ma'lum qilishicha, Osiyo infratuzilmalar investitsiyalari banki Gruziyadagi muhim infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirgan.

Top