16:00 / 25.08.2015
3309

Toshkentdagi musiqa va san'at maktabi o‘quvchilari Parijda o‘tgan xalqaro festival sovrindorlari bo‘lishdi

18 avgust kuni Fransiya poytaxtida bolalar va o‘smirlarning “Parij, seni sevaman!” XXIII xalqaro festivali bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston va Bolgariyadan kelgan yuzdan ortiq yosh iste'dod egalari Theatre Le Palace sahnasida chiqish qilishdi.

O‘zbekistondan Toshkent shahridagi 1-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabi o‘quvchilari ishtirok etishdi.

Aleksandra Rudskix hamda Milan Pak “Vokal ijodiyoti. Estrada vokali. Solo” nominatsiyasida g‘olib bo‘lishdi.

Shuningdek, Milana Pak “Eng yosh ishtirokchi” nominatsiyasida diplom bilan taqdirlandi.

Top