16:31 / 25.08.2015
2066

Turkmaniston YeIga uglevodorod eksportini yo‘lga qo‘yishda Bolgariyaning yordamidan umid qilmoqda

Turkmaniston Bolgariyaga mahalliy energiya tashuvchi mahsulotlarni xalqaro bozorga olib chiqishga qaratilgan xalqaro loyihalarni amalga oshirishda muhim strategik hamkor sifatida qaramoqda.

Bu haqda Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov va Bolgariya bosh vaziri Boyko Borisov rahbarligidagi kengaytirilgan delegatsiyalar o‘rtasidagi muzokaralar chog‘ida aytildi.
Ayni kunlarda Turkmaniston o‘z gazini Xitoy, Rossiya va Eronga eksport qilmoqda.

Xitoy va Rossiyaga gaz yetkazib berishda O‘zbekiston tranzit mamlakati rolini o‘ynamoqda. Ashxobod shu yildan Turkmaniston-Afg‘oniston-Pokiston-Hindiston gaz quvurining qurilishini boshlaydi.

Top